KXDRda hibsga olingan AQŞ fuqarosi josusligi uçun uzr söradi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

Asli kelib çiqişi koreyalik bölgan AQŞ fuqarosi Kim Don Çxol harbiy va iqtisodiy josuslikka aloqador ekanini tan oldi. Pxenyanda bölib ötgan matbuot-anjumanida AQŞ va Janubiy Koreya maxsus xizmatlari buyruğiga binoan axborot töplaş bilan şuğullangani, aholi örtasidagi kayfiyat va savdo-sotiq bozorlaridagi vaziyat haqidagi ma'lumotlarni muntazam yetkazib turiş bilan şuğullanganiga iqror böldi.

Ayblanuvçining sözlariga köra, u KXDRga qarşi mudhiş jinoyatlar amalga oşirgan, Pxenyanga qarşi tarğibot işlarini olib borgan. Şu sababli, qilgan işlaridan puşaymon bölib, keçirim söragan.

"Oilam oldida qilgan işlarimdan taassufdaman", dedi u közida yoş bilan.

Şuningdek, 62 yoşli Kim Don Çxol arz qilişga sabab yuqligi hamda unga kutilganidan köra yaxşi muomila qilişganini ta'kidlab ötdi.

Kim Don Çxol 19 yoşgaça Seulda yaşab, keyinçalik oliy ma'lumot oliş ilinjida AQŞning Virjiniya ştatiga köçib ötgan.