Joriy yilning 1 aprelidan Özbekiston korxonalarining çet el sarmoyadorlariga sotiladigan aksiyalari bahosi 10 foizga arzonlaştiriladi.

Xalqaro investitsiya forumida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça komissiya hamda aksionerlik jamiyatlari faoliyatini kuçaytiriş va korporativ boşqaruv tizimini takomillaştiriş komissiyasining 2016 yil 15 fevralda bölib ötgan ilk yiğilişida şunday qaror qabul qilingan. Bu haqda review.uz xabar qilmoqda.
Komissiyalar majlisi xöjalik boşqaruvi organlari va aksionerlik jamiyatlarining 2016 yil 1 aprelidan savdoga qöyilgan aksiyaonerlik jamiyatlari aksiyalari narxini 10 foizga pasaytiriş töğrisidagi taklifini ma'qullagan.

Xalqaro investitsiya forumida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça komissiya Özbekiston prezidenti farmoniga asosan 2016 yil 10 fevralida taşkil etilgan edi.

Ötgan yilning 5, 6 noyabr kunlari Toşkentda bölib ötgan Xalqaro investitsiya forumida 600 ga yaqin xorijiy vakillar iştirok etgan. Unda, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş va davlat hamda xöjalik boşqaruv organlarining 12,4 mlrd dollarlik uluşlarini xorijiy sarmoyadorlarga sotiş borasida 100 dan ortiq bitim imzolangan edi.