Rossiya Davlat dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi rahbari Irina Yarovaya Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ukraina terma jamoasi futbolçilarini 2016 yilgi Yevropa çempionati final bosqiçiga çiqqani uçun töpponçalar bilan mukofotlaganiga öz fikrini bildirdi.
Ukraina prezidentining sovğalarini olişga 29 nafar futbolçidan 9 nafari hamda terma jamoa boş murabbiyi Mixail Fomenko va Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko munosib deb topildi.
"Körinişiça, FIFA Poroşenkoning sovğalaridan keyin futbol qoidalariga özgartirişlar kiritib, hakamlarga bronejiletlar berişiga töğri keladi. Qurol zamonaviy Ukrainaning ramziga aylandi. Bunday sovğalar mukofotga emas, balki jangovar vazifalarni qöyişga öxşaydi. Sportga uruş kabi munosabatda böliş – Yevromaydan yetakçisining yevropaça qadriyatlarga kiritgan yangi hissasidir", deb yozdi Yarovaya özining "VKontakte" ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Poroşenkoning futbolçilarni töpponçalar bilan mukofotlaş haqidagi farmoni 2015 yil noyabrida imzolangan. Biroq endi, Ukraina OAVlari tegişli sörovni amalga oşirgandan keyingina çop etildi.






