Avvalroq “Bodomzor” mahallasida Captiva haydovçisi urib yuborgan 39 yoşli Nasiba Qosimova Respublika şoşilinç tibbiy yordam markazining Jonlantiriş bölimida juda oğir ahvolda yotgani haqida xabar bergan edik. Biroz avval 3 nafar farzandning onasi bölgan Nasiba Qosimovaning joni uzildi. Bu haqda marhumning yaqin qarindoşi Ne'mat Xotamov ma'lumotiga asoslanib, “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Voqea 22 mart kuni soat 07:30 lar atrofida sodir bölgandi. Katta tezlikda mahalla böylab harakatlanib kelayotgan Captiva Nasiba Qosimovani urib yuboradi. Natijada jabrlanuvçi 15 metr nariga borib tuşib, oğir jarohat oladi. Haydovçi esa voqea joyidan qoçişga urunib, yöldagi Spark va Cobalt avtomobillariga ham şikast yetkazadi. Captiva’ni bir körişda taniş juda qiyin. Guvohlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirayotgan fikrlariga qaraganda, maşinani yoş qiz boşqarayotgan bölgan. Maşinadan tuşgan ikki yigit va bir qiz juftakni rostlaşgan. Nasiba Qosimova avvaliga Toşkent şahar 7-son klinik şifoxonasiga joylaştirildi. Söng Respublika şoşilinç tibbiy yordam markaziga ötkazildi.







