Internetda Germaniya kansleri Angela Merkelning qoçqinlardan biri bilan birga tuşgan surati tarqalib ketdi. Surat 2015 yil sentabrda Berlindagi muhojirlar lagerida olingan.

Öşa kuni Merkel lagerda Bryusselda terakt amalga oşirgan terrorçi-xudkuşlardan biri Najim Laşrauiyga juda öxşaş bölgan yigit bilan selfi tarzida suratga tuşgan.

Belgiya politsiyasi Laşrauiy Bryussel aeroportida bombani harakatga keltirgani ma'lum bölganidan keyin uning suratini tarqatgan.

22 martda Bryussel aeroporti va metrosida amalga oşirilgan portlaşlar oqibatida 31 kişi halok böldi, 300 kişi jarohat oldi. Teraktlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.