22 mart kuni Bryusselda sodir etilgan qöporuvçiliklardan söng, mamlakat politsiyasi Whatsapp mobil ilovasidan foydalanişga majbur bölgan. Bunga politsiya aloqa tizimining haddan ortiq yuklangani sabab bölgan, deb yozmoqda "Nivsblad" gazetasi.
Naşrning ma'lumotlariga köra, Belgiya federal politsiyasi boş komissari Katrin De Bolle Astrid kommunikatsiya tizimining işdan çiqişi bilan boğliq holat yuzasidan tekşiruv ötkazişga körsatma bergan.
Öz ismini oşkor qilmagan politsiya xodimlarining guvohlik berişiça, terakt kuni huquq tartibot idoralarida boşboşdoqlik kuzatilgan. "Buyruqlar yetib kelmas, biz nima qilişni bilmasdik. Mobil aloqa işlamasdi", — deya politsiya xodimi sözlaridan iqtibos keltiradi "Nivsblad" gazetasi.
Uning aytişiça, huquq idoralari uçun aynan Whatsapp qöl kelgan. Favqulodda vaziyatga qaramasdan, mobil ilova işlaşda davom etgan. "Yaxşiyamki, Whatsapp bor ekan. Aks holda biz muloqot qila olmasdik", — deydi tartib posboni.
Gazetaning yozişiça, federal politsiya rasmiy vakili Peter Devale uşbu xabarni şarhlaşdan boş tortar ekan, terakt kuni "hammasi risoladagiday bölmagan"ini tan olgan.
22 mart kungi voqealar yuz bergan ilk soatlarda, mobil operatorlar işida jiddiy uzilişlar kuzatilgan. Operatorlarning ma'lumotlariga köra, öşa damlarda aloqaning 60 foizi işdan çiqqan.






