Olmaotada bölib ötgan V Shoesstar xalqaro poyabzal körgazmasida iştirok etgan özbekistonlik çarm-poyabzal mahsulotlari işlab çiqaruvçilari Rossiya hamda Qozoğiston vakillari bilan 12 mln dollarlik mahsulotlarni yetkazib beriş böyiça kelişuv imzolaşgan. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar bergan.
Körgazmada Özbekiston vakillari poyabzal işlab çiqariş, teriga işlov beriş, xomaşyo tayyorlaş böyiça 252ta korxonani birlaştiruvçi «Özbekçarmpoyabzali» Özbekiston çarm-poyabzal korxonalari assotsiatsiyasining milliy uslubdagi stendi orqali öz mahsulotlarini namoyiş qilişgan.
"Samarqand gumbazlarini eslatuvçi bezaklar oğuşida, Buxoro va Xiva me'morçiligiga xos uslubda barpo qilingan özbekistonliklar stendi boşqa iştirokçilarning katta qiziqişlarini uyğotdi", deyiladi xabarda.
Körgazma yakunida «Özçarmpoyabzali» assotsiatsiyasi hamda Shoesstar xalqaro poyabzal va çarm-attorlik körgazmasi direksiyasi örtasida memorandum imzolandi, 12 million dollardan ziyod qiymatdagi Özbekiston mahsulotini Qozoğiston va Rossiya bozorlariga yetkaziş haqida kelişuvlarga erişildi.
Şuningdek, uçraşuvlar çoğida Özbekiston korxonalari mahsulotlarini Qozoğistonga sotiş böyiça Özbekiston-Qozoğiston savdo uyini oçiş böyiça muzokaralar olib borilgan.
Körgazmada Özbekistondan taşqari, Germaniya, Xitoy, Turkiya, Italiya kabi dunyoning 14 mamlakatidan kelgan poyabzal va çarm-mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalar qatnaşdi.






