AQŞ mudofaa vaziri Eşton Karter deyarli bir yil davomida işi böyiça şaxsiy elektron poçtasidan foydalangan, deb xabar berdi Associated Press axborot agentligi.

Bu haqda AQŞ mudofaa vazirligi axborot erkinligi qonuni asosida oşkor etgan yuzlab xatlar jurnalistlar qöliga tuşgandan keyin ma'lum böldi.

Ma'lum qilinişiça, jurnalistlarning qöliga 1336 ta xat tuşgan. Ularda maxfiy axborot bölmagan, asosan rejalaştiriş va logistika masalalari bayon qilingan.

Ta'kidlanişiça, Pentagon xizmat maqsadlarida şaxsiy poçtadan foydalanişni taqiqlaydi. Karter poçtasidan 2015 yil fevralda öz lavozimini bajarişga kirişgandayoq foydalanişni boşlagan. 2015 yil dekabrda uning yordamçisi Karter öz poçtasidan xizmat yuzasidan foydalanmay qöyganini ma'lum qilgandi.   

Dekabrda The New York Times naşri Pentagon rahbari işi yuzasidan masasalalarni hal qilişda şaxsiy poçtasidan foydalanganini ma'lum qilgan.

Xillari Klinton ham AQŞ Davlat kotibi bölganda işi böyiça masalalarni hal qilişda öz şaxsiy poçtasidan foydalangan edi.