Qozoğiston taşqi işlar vazirligi Moskvadan Qozoğistondagi şaharlarga bölgan aviareyslarning bekor qilinişi ehtimoli haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bergan.

"Aeroflot" Qozoğistonga parvozlarni vaqtinçalikka töxtatgani haqidagi xabarlar paydo bölgaç, Qozoğistonning milliy aviakompaniyasi Air Astana ham Moskvaga reyslarni töxtatişi mumkinligi haqida gapirila boşlandi.

Şuningdek, bizga konsullik xodimlari Şeremetevo aeroportiga borib, terminallardagi "Aeroflot" reyslari uçun çipta olgan Qozoğiston fuqarolari bilan uçraşgani haqida xabar berildi. Yölovçilardan vaziyat böyiça şikoyatlar kelib tuşmagan va ular 15 soat davomida reyslarning tiklanişini kutişgan", deyiladi xabarda.

Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi "Aeroflot" 26 martning ikkinçi yarmidan Qozoğistonga muntazam reyslarni töxtatdi.

Bunga Rossiya aviakompaniyasining 27 martda kuçga kiradigan parvoz jadvaliga muvofiq parvozlarni amalga oşirişga ruxsat beruvçi hujjatning Qozoğiston tomonidan taqdim qilinmagani sababli majburiy çora böldi.

26 mart kunining ikkinçi yarmida aviakompaniya Qozoğistonga töxtatilgan parvozlarni yana tikladi.