Qozoğistonda Bek Air aviakompaniyasining Ostona şahriga noqulay holatda favqulodda qönişni talofatlarsiz amalga oşirgan samolyoti ekipaji davlat mukofotiga tavsiya etildi. Bu haqda Qozoğiston investitsiyalar va rivojlaniş vazirligi rahbari Asit Isekeşev öz feysbuki orqali ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinişiça, ekipaj a'zolari qönişni samolyotning oldingi ğildiraklari bölmagan holatda amalga oşirişgan.

"Ekipaj a'zolari, ayniqsa komandirning mahoratini alohida qayd etişni istardim. Şuningdek, yerdagilar ham yaxşi harakat qilişgan. Ekipajga davlat mukofoti taqdim etiladi", deb yozadi vazir.

Uning qayd etişiça, maxsus komissiya bu hodisa sabablarini örganişga kirişgan.

Bek Air aviakompaniyasi samolyoti Qizilördadan uçgan bölib, Ostona şahri aeropotiga favqulodda qönişni amalga oşirgan. Dastlabki ma'lumotlarda, hodisa sababi sifatida oldingi ğildiraklar çiqmay qolgani aytilgandi. Qöniş vaqtida jabrlanganlar bölmagan.