Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalaştiriş, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etişlari uçun şaroit yaratiş hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlaşni va ijodiy faoliyatga yangiça yondaşuvlarni şakllantiriş maqsadida “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovni ötkazadi.
3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bağişlangan bu tanlovga 2015 yilning 31 martidan 2016 yilning 31 martigaça – bir yil davomida gazeta va jurnallarda çop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda körsatilgan va internet naşrlarida berilgan materiallar 2016 yilning 10 apreligaça qabul qilinadi.
Tanlov ğoliblari uçun quyidagi mukofotlar ta'sis etilgan:
Jurnalistika sohasida boş milliy mukofot.
Ğolib maxsus diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va Özbekiston Respublikasida belgilangan eng kam iş haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Asosiy mukofotlar:
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (bosma OAV – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-örinlar).
Birinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Ikkinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Uçinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Rağbatlantiruvçi mukofotlar uçun nominatsiyalar:
eng yaxşi fotoreportaj;
eng yaxşi matbuot xizmati.
Mazkur nominatsiyalar ğoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va eng kam iş haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
“Oltin qalam” tanlovi ğoliblarini mukofotlaş, şuningdek, uni ötkaziş bilan boğliq sarf-xarajatlar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa insitutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining moliyaviy kömagida amalga oşiriladi.
Şuningdek, tanlovda respublikamizdagi bir qator jamoat taşkilotlari hamda xalqaro taşkilotlarning Özbekistondagi vakolatxonalari quyidagi rağbatlantiruvçi nominatsiyalarda öz mukofotlarini ta'sis etganlar:
Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi – “Ommaviy axborot vositalarida xotin-qizlar faoliyati yoritilgan eng yaxşi materiallar uçun”.
Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi kengaşi – 2 ta nominatsiya:
a) “Soğlom ona va bola yili” mavzuidagi eng yaxşi material uçun”.
b) “Ijtimoiy şeriklik mavzuidagi eng yaxşi material uçun”.
3. Özbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş Jamoat fondi – 2 ta nominatsiya:
a) “Keksalarni e'zozlaş yili” Davlat dasturi ijrosini keng va samarali yoritgani uçun”.
b) “Eng yaxşi tahliliy-tanqidiy material uçun”.
YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi – “Orol dengizi hududining barqaror rivojlanişida xotin-qizlarning roli”.
BMTning Axborot ofisi – “Eng yaxşi yoşlar internet naşri”
“Hududiy muloqot” (Sloveniya) – “Qonun ustuvorligi yoritilgan eng yaxşi materiallar uçun”.
YuSAIDning Özbekistonda sil kasalligiga qarşi kuraş böyiça dasturi – “Sil kasalligiga qarşi kuraş masalalari yoritilgan eng yaxşi materiallar uçun”.
Germaniya Xalq universitetlari DVV International xalqaro asotsiatsiyasining Özbekistondagi vakolatxonasi – “Kattalarni öqitiş va ta'lim beriş sohasida OAVdagi eng yaxşi material uçun”.
Tanlov şartlari:
Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda internet naşrlarida e'lon qilingan işlar taqdim etiladi (5 tadan kam bölmasligi kerak).
Televideniye böyiça videomateriallar, axborot taşuvçi vositaning qanday körinişda bölişidan qat'i nazar, 3 daqiqadan 30 daqiqagaça bölişi kerak.
Radioeşittirişlar (CD, DVD diskda) 5 daqiqadan 30 daqiqagaça bölişi kerak.
Matbuot va internet materiallari asl nusxada yoki köçirma nusxada taqdim etilişi lozim.
Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinişi lozim:
Muallif haqida ma'lumotnoma (obektivka);
muallifning turar joyi, uy va iş telefonlari;
pasport nusxasi.
Tanlov ğoliblarini tantanali mukofotlaş marosimi 2016 yil 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni “Turkiston” saroyida ötkaziladi.
Mukofot bir şaxsga takroran berilmaydi.
Materiallar “Oltin qalam” tanloviga deb körsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilişi lozim:
100129, Toşkent şahri, Navoiy köçasi, 30-uy
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, 3-qavat.
Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87
www.journalist.uz






