AQŞ davlat kotibi Jon Kerrining aytişiça, prezident lavozimi uçun Respublikaçilar partiyasidan nomzodlarning musulmonlar jamoasini mamlakatdan çiqarib yuboriş va terrorizmga qarşi kuraş doirasida qiynaş mumkinligi borasidagi fikrlari, Qöşma ştatlar obrösini tuşirib yubormoqda. U bu haqda CBS telekanalining Face The Nation körsatuvida bayonot berdi. 

“Bu holat, AQŞdagi prezidentlik poygasini kuzatib borayotgan jahon hamjamiyatini, "adolat bilan aytganda şok holatiga tuşirmoqda", deydi u.

Uning sözlariga köra, respublikaçilarning bunday nuqtai nazari AQŞning işonçli va jiddiyligini şubha ostiga qöyadi.

Uning qöşimça qilişiça, yuqoridagi masalalarning ayrimlari böyiça bildirilayotgan fikrlar, «Amerika obrösiga putur yetkazuvçi ğoyalardir».

Kerri suhbat çoğida biron kişining nomini tilga olmagan bölsa-da, telekanalning taxminiça, davlat kotibi respublikaçilardan ikki nomzod — milliarder Donald Tramp va Texas ştatidan senator Ted Kruzning fikrlarini tanqid qilgan.

Bundan avval, Donald Tramp Amerika musulmonlari terrorçilarning hujumlarini oldini oliş uçun yetarli faollik körsatmayapti, degan fikrni bildirib ötgan edi.