Xabaringiz bor mazkur yilning 1 martidan boşlab, tarğibot tadbirlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Madaniy-ma'rifiy va tarğibot işlarini taşkil etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari rejasi” ijrosini doirasida, Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi taşabbusi bilan Oliy va örta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi, “Özbekkino” milliy agentligi, “Özbeknavo” estrada birlaşmasi, “Özbekteatr” ijodiy işlab çiqariş birlaşmasi, Yoşlar madaniyat va san'at markazi hamkorligida taşkil etilmoqda.

“Kim edigu kim böldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallaşimiz kerak?” mazmunidagi tarğibot tadbirlari öquvçi va talaba yoşlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalaş, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma'naviy va axborot tahdidlaridan işonçli himoya qiliş, ularda ğoyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş maqsadida Madaniyat va sport işlari vazirligi hamda Yoşlar madaniyat va san'at markazi tomonidan hamkor taşkilotlar bilan birgalikda Toşkent viloyatida ötkaziladigan tadbirlarda iştirok etiş uçun Respublikadagi taniqli şoir, yozuvçi va yoş olimlar, kino va teatr aktyorlari, san'atkorlar va estrada xonandalari hamda “Nihol” mukofoti sovrindorlaridan iborat tarğibotçilar guruhlari 28 mart kuni erta tongdan Toşkent viloyatining Angren, Olmaliq, Çirçiq va Bekobod tuman va şaharlarining umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalariga yöl oldilar.

Tarğibot guruhlari vakillarimilliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan örni, turli diniy-ekstremistik oqimlarga kör-körona kirib ketişning salbiy va ayançli oqibatlari, farzandlarning öz ota-onalari va Vatani oldidagi burçlari, kasb va hunarga ega bölişning ahamiyati töğrisida, vatanparvarlik, mehr-oqibat, yurtga sadoqat kabi mavzularda fikrlar bilan örtoqlaşişni maqsad qilganlar.