Pokistonning eng yirik şahri Lahordagi bolalar boğida terrorçi özini portlatişi oqibatida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 69 nafarga yetdi. Bu haqda Sinxua xabar tarqatgan.
Bundan oldin qurbonlar soni 50 nafar atrofida ekani aytilgandi.
Qayd etilişiça, portlaş tufayli jarohatlanganlar soni 300 nafardan oşgan. Jabrlarnuvçilarning aksar qismi bolalar va ayollar ekani aytilgan.
Lahor şahri politsiyasi koordinatori kapitan Usmonning ma'lumotiga köra, portlaş oqibatida 23 bola halok bölgan, yana 56 bola jarohatlangan holda şahar jamoat şifoxonasiga olib borilgan.
Şahar politsiyasi boş inspektori örinbosari Haylar Aşraf ma'lumotiga köra, terrorçi özining şahardagi onalar bolalari bilan taşrif buyuradigan xiyobonga kiraverişdagi avtoturargohda portlatib yuborgan.
Ayni vaqtda şifoxonaga olib borilganlar orasida önlab kişilarning ahvoli oğirligi, qurbonlar soni ortişi mumkinligi aytilgan. Şaharda tez tibbiy yordam maşinalari yetişmasligi tufayli jarohatlanganlarni şifoxonalarga taksilarda va rikşalarda taşişgan.
Pokistonda bolalar boğida portlaş yuz berdi
"Tolibon" Lahordagi portlaş uçun javobgarlikni zimmasiga oldi






