Flydubai aviakompaniyasining Rostov-Donda qulagan samolyoti uçuvçilarning samolyotni boşqariş borasidagi kelişmovçiligi sababli falokatga uçragan bölişi mumkin, deb xabar bermoqda fojiani tergov qilişga yaqin bölgan manbaga iqtibos keltirgan holda "Kommersant" naşri.
Samolyotning körsatkiçlar va nutq bortyozgiçlaridagi ma'lumotlar samolyot uçuvçining aybi bilan falokatga uçraganini körsatmoqda.
Samolyot falokatga uçraşidan oldin uçuvçilar orasida kelişmovçilik çiqqan. Uçuvçi va uning yordamçisi qulayotgan samolyot bilan nima qiliş kerakligi haqida turli fikrda bölganlar. Uçuvçilar bir töxtamga kelganlarida esa juda keç bölgan.
Fojia sababining yangi taxminiga köra, samolyot qöna olmagaç uni navbatdagi balandlikka kötariş paytida uçuvçilardan biri samolyotning tumşuğini juda yuqori kötarib yuborgan, buning oqibatida samolyot keskin tezlikni yöqotib, qulay boşlagan. "Qora qutilar"ning rasşifrovkasida bir uçuvçi ikkinçisiga "Qayerga uçyapsan. Töxta!" deb baqirgani eşitilgan.
Ekspertlarning fikriça, uçuvçilar çarçoq yoki tajriba kamligi sababli samolyotning öz-öziça manyovr amalga oşirganini anglay olmagan bölişlari mumkin.
Samolyot şturvalini öziga tortişga barça urinişlar vaziyatni yanada keskinlaştirgan. Bundan keyin bort kompyuteriga ikkala şturvaldan ham turli harakatlar amalga oşirilayotgani haqida signallar kela boşlagan, vaholanki uçuvçilar bir xil harakatlarni amalga oşirgan holda, sinxron işlaşlari kerak.
Ya'ni bir uçuvçi balandlikka kötarilmoqçi bölganda ikkinçisi aksinça balandlikka kötarilişni töxtatmoqçi bölgan.
Mutaxassislar hozirça uçuvçilardan qaysi biri xatoga yöl qöygani, qaysi biri uni töğrilamoqçi bölgani borasida aniq javob bera olmayaptilar.
"Samolyotning falokatiga uçuvçilar örtasida bir xil fikr bölmagani sabab bölgan bölişi mumkin. Samolyot tezligi pasaya boşlaganda, kabinada kelişmovçilik çiqqan. Samolyotni boşqarayotgan uçuvçi balandlikka kötarilayotib, tezlikni oşirmoqçi bölgan va buning uçun dvigatellar iş rejimini havoga kötariliş holatigaça oşirgan. Uning şerigi esa birinçi navbatda samolyot tumşuğini pasaytirib oliş kerak degan fikr bildirgan. U öz şerigiga "Töxta. Qayerga? Töxta. Töxta" deb uni aql bilan iş qilişga çaqirmoqçi bölgan va şu bilan bir vaqtda şturvalni özidan itarib, balandlikka kötarilişni töxtatmoqçi bölgan", deb aytdi manba.






