Suriyada IŞID xudkuşi Pasxa bayrami vaqtida Suriya Pravoslav çerkovining avliyo Georgiy ibodatxonasiga kiraverişda özini portlatib yubordi. Terakt Xasaka viloyatidagi Ras-Al-Ayn şahrida yuz berdi. Portlaş oqibatida bir neça kişi halok böldi. Bu haqda "Russkaya vesna" naşri Suriya va arab OAVlariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. Qurbonlarning aniq soni aytilmagan.
Ma'lum bölişiça, ayol IŞID poytaxti hisoblanuvçi Raqqadan kelgan bölgan. Uning şaxsi hali örnatilmagan.
Uşbu terakt katolik nasroniylar tomonidan Pasxa bayramining nişonlanişi vaqtida yuz berdi. Suriya Pravoslav çerkovi ham şu kuni bu bayramni nişonlagan.
Ras-Al-Ayn şahri kurd isyonçilari tomonidan nazorat qilinadi. Şahar bir neça bor terrorçilar hujumiga uçragan.






