Yaponiyada qamoqqa tuşiş uçun takror va takror jinoyat amalga oşirayotgan pensionerlar soni köpaymoqda, deb yozmoqda Financial Times naşri.

Ma'lum qilinişiça, dökonlardagi 35 foiz öğrilikni 60 yoşdan katta odamlar amalga oşirmoqda. Bu yoş toifasidagi 40 foiz jinoyatçilar qölga tuşiş va qamoqqa qamaliş umidida 6 martadan köproq jinoyat amalga oşirganlar.

"Yaponiyadagi ijtimoiy vaziyat keksa odamlarni jinoyatlar amalga oşirişga majbur qilmoqda. Davlat yordamini oluvçi odamlar soni uruş oxiridan beri eng katta körsatkiçni taşkil qilmoqda. 40 foizga yaqin keksa odamlar yolğizlikda yaşamoqdalar. Bu yaxşi emas. Ular qamoqni tark etadilar, ularda na pul, na oilalari bor va ular takror jinoyatlar amalga oşiradilar", deb ta'kidlamoqdalar ekspertlar.

Ta'kidlanişiça, pensionerlar eng kamtarin xarajatlarda ham pensiyalarining 25 foizdan köproğini kun keçiriş uçun sarflaydilar.