Belgiya poytaxti Bryusseldagi teraktlarni amalga oşirişda iştirok etgan xudkuş-terrorçi Xolid al-Bakraviy qalbaki hujjatlarni rasmiylaştirgani ma'lum böldi.
La Gazzetta dello Sport naşri bergan xabarga köra, aeroportda özini portlatib yuborgan al-Bakraviy özi uçun Italiyaning «Inter» klubi sobiq futbolçisi Ibrohim Maarufiy hujjatlarini töğrilab olgan. 2015 yilda terrorçi Bryusseldan Italiyaga uçib kelgan, keyin esa Gretsiyaga yöl olgan. Bakraviy Parijdagi teraktlarni amalga oşirgan Saloh Abduislom bilan körişgan va Bryusseldagi metro bekatida yaqin joydagi uylarning birida ijara asosida yaşab kelgan.
Maarufiy ikki yil mobaynida milanliklar safida töp surgan bölib, bu davrda 6 gol kiritişga muvaffaq bölgan. Hozirda 27 yoşli futbolçi Italiya uçinçi divizioni vakili «Paganeze» klubi şarafini himoya qiladi.

Eslatib ötamiz, Bryusseldagi teraktlar natijasida 30dan ortiq odam vafot etgan 100 nafardan ortiq kişi jarohatlangandi.






