“Rosoboroneksport” rahbari örinbosari Sergey Goreslavskiyning ma'lum qilişiça, Rossiya armiyasining Suriyada ötkazgan harbiy amaliyotlaridan söng, jahonda rus qurollariga qiziqiş ortib bormoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.
Uning qayd etişiça, hozirda Yaqin Şarqdagi ayrim davlatlar Su-34 qiruvçi-bombardimonçi samolyotlarini xarid qiliş borasida muzokaralar ötkazmoqda.
“Rossiya havo kosmik kuçlarining Suriyadagi işonçli harakatlari Su-34ga qiziqişni orttirdi. Bir yarim yil muqaddam, biz uşbu samolyot eksportiga oid öziga xos pasportini şakllantirgan edik, şundan söng yuz bergan voqealar, tanlovimiz töğri bölganini körsatdi. Ayni vaqtda, Yaqin Şarqning ayrim mamlakatlari unga jiddiy qiziqmoqdalar”, - degan Goreslavskiy.
Bundan taşqari, Rossiya va Hindiston FGFA beşinçi avlod samolyotlari yaratiş böyiça şartnoma imzolaş arafasida.






