Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) ikki oy davomida mamlakatning yangi konstitutsiyasi loyihasi ustidagi işlarni butunlay tugallaş niyatida.
Bu haqda ATP raisi va mamlakat boş vaziri Ahmet Dovutöğli parlamentda çiqişi çoğida ma'lum qildi.
“Biz ikki oy davomida yangi konstitutsiya matnini yozib tugallaş niyatidamiz. Keyin manfaatdor idoralar bilan muhokama qilamiz va keçi bilan iyun oyida loyihani parlamentga topşiramiz, deb umid qilamiz. Demokratik, fuqarolik va erkin yangi konstitutsiyasini deputatlarimiz qöllab-quvvatlaşlariga işonçim komil”, — bildirdi u.
Yangi konstitutsiyani tayyorlaş ATP va uning parlamentdagi joriy fraksiyasi tarkibining asosiy vazifa yönalişi hisoblanadi.
Yangi asosiy qonun ustida olib borilayotgan işlar asosiy Jumhuriyat-xalq partiyasi demarşi (namoyişkorona diplomatik harakati) tufayli töxtatilgan edi. Uşbu partiya boşqaruv şaklining özgarişi masalasini muhokama qilişdan keskin boş tortgan.
Şu munosabat bilan konstitutsiyani tayyorlaş böyiça parlament komissiyasi taşkil etilgan.
Öşanda ATP işlarni özi mustaqil davom ettirişini ma'lum qilgan. Uning konstitutsiya loyihasi hukumat boşqaruvi şakli özgarişi borasida moddalar kiritilişini nazarda tutadi.






