«PSJ» jamoasining şvetsiyalik tajribali hujumçisi, mavsum oxirida parijliklar bilan şartnomasi muddati yakunlanib, erkin agentga aylanişi mumkin bölgan Zlatan Ibrahimoviç bu mavsum uning uçun oxirgisi bölib qolişi mumkinligini istisno etmadi.

«Har narsa bölişi mumkin, hatto xayolga keltirilmagani ham. Balki, futbolçilik faoliyatimni yakunlarman ham.

Heç kim buni tasavvur qila olmayapti, lekin men öz faoliyatimni çöqqida turganimda yakunlaşni istab qolişim mumkin», — deydi 34 yoşli şved.

Bundan oldinroq, Ibrahimoviç öz xizmatlariga Angliyadagi bir qator jamoalardan qiziqişlar bölayotgani haqida aytib ötgandi.

Ibrahimoviç 2012 yilda «Milan»dan Fransiya jamoasiga kelib qöşilgandi. Joriy mavsumda u parijliklar jamoasi safida turli turnirlarda 40ta öyin ötkazdi va 35ta gol urib, 16ta samarali töp uzatişni amalga oşirdi.