Bentley Russia kompaniyasi 12 silindrli Flying Spur sedanini yangi rekord örnatiş maqsadida Baykal köliga olib keldi.
Bentley avtomobilsozlik kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasi Baykal ustidagi muzda 1000 km dan köproq masofada örtaça tezlik rekordini örnatişga muvaffaq böldi. Zayezdlar 24 martda haşamatli Bentley Flying Spur W12 sedanida 8,7 km lik halqalangan trassada ötkazildi, bu trassa Olxon oroli yaqinidagi muz ustidan ötdi. Bentley ekipaji 1006 km lik yölni 11 soatu 1 daqiqada bosib ötib, örtaça 94 km/soatlik tezlikni körsatdi. Uşbu natija rekord natija böldi va u Rossiya rekordlar kitobida qayd qilinişi kutilmoqda.

Bir qaraganda, bu raqam hayratlanarli bölib körinmaydi, ayniqsa 300 km dan yuqoriroq tezliklar haqida gap ketganda. Biroq, şuni unutmaslik kerakki, avtomobil yölni bosib ötiş vaqtida belgilangan muz trassasidan çiqib ketmadi, ekipaj esa faqatgina yoqilği quyiş va pilotlarni almaştiriş uçungina töxtadi. Boz ustiga, Baykal nafaqat rekordçilarning "qizğin poygasi", balki ğayritabiiy iliq ob-havo tufayli ham erişda davom etdi. Dunyodagi eng çuqur kölning sirti kunduzi suv qatlami bilan qoplanib turdi, şuning uçun şinalarning ilaşiş koeffitsiyenti deyarli nolga yaqin böldi.
Bu zayezdda örtaça tezlikning katta qismi aynan töxtaşlar hisobiga kamayib yetdi, vaholanki Bentley ekipajining maksimal tezligi 239 km/coatni taşkil qildi, maşğulotlar vaqtida esa 262 km/soatga yetdi.
Ta'kidlaş joizki, örtaça tezlik rekordi Bentley Flying Spur W12’ning seriya variantida, heç qanday takomillaştirişlarsiz, seriyali variantida qöllangan, maxsus qoplamasiz şinalarda örnatildi.
Lyuks sinfidagi sedanning turbonadduvli 6,0 litrli dvigateli quvvati 507 ot kuçiga va 660 Nm aylantiriş lahzasiga erişa oladi.









