Bosqinçilikka uçragan Misrning A320 samolyoti yölovçilari Larnakidan Qohiraga uçib ketdilar, deb xabar bermoqda Misr aviatsiyasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Bir fursat avval 742-sonli reys Larnaki aeroportidan Qohiraga uçib ketdi. Uning bortida aviatsiya vaziri Şarif Fathiy va bosqinçilikka uçragan samolyot yölovçilari bor. Samolyot soat 21.00ga yetib kelişi kutilmoqda", deyilgan xabarda.
Avvalroq Egypt Air aviakompaniyasining yölovçi samolyotini qölga olgan erkak portlovçi moddaga ega kamarga egaligi haqidagi xabar soxta ekanligi ma'lum qilingandi.
Misr fuqarosi Saif ad-Din Mustafo bortida 81 yölovçi bölgan, Egypt Air kompaniyasining samolyotini qölga olgan. Samolyot Kiprdagi Larnaki aeroportiga qöngan. Bosqinçi politsiyaga taslim bölgan.






