Bir neça yil muqaddam, AQŞning Yangi Orlean şahrida sodir etilgan jinoyat aybdorlari ustidan sud hukmi e'lon qilindi. Şaharda bölib ötayotgan parad iştirokçilarini öqqa tutgan aka-uka umrining oxirigaça qamoqda ötiradigan böldi. Bu haqda Luiziana ştati prokuraturasi ma'lum qildi.
Mudhiş voqeada 20 kişi, şu jumladan onalar va bolalar tan jarohati olgan edi.
Gap 4 nafar qoratanli aka-ukalardan 2 nafari, 31 yoşli Trevis Skott va uning 22 yoşli ukasi Akin haqida bormoqda. Ular öğrilik, qotilliklar va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan şuğullanib kelgan jinoiy guruh a'zosi bölişgan. Aka-ukaga öq uziş bandidan taşqari qurol hamda giyohvand moddalarni noqonuniy saqlaş ayblovi ham qöyilgan. Ular 2015 yil kuzida aybiga iqror bölişgandi.
Uşbu jinoiy iş böyiça Skottlar oilasining yana ikki vakili ham sudda javob berdi. 27 yoşli Şon va 24 yoşli Stenli ayni jinoiy töda a'zosi bölişgan. Amerika sudi ularning har birini 40 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.
Onalar kuni munosabati bilan ötkazilgan paraddagi otişma 2013 yil mayida sodir bölgan edi. Kuzatuv kameralari esa, aka-uka Skottlardan birining öq uzayotganini qayd etgani jinoyatning foş bölişida yordam bergan.






