Zimbabve prezidenti Robert Mugabe 2018 yilda mamlakatda ötkaziladigan prezidentlik saylovida öz nomzodini ilgari surişni rejalaştirmoqda. U bu haqda Yaponiyaning “Sankey” gazetasiga bergan intervyusida aytib ötgan. Mugabe ayni damda rasmiy taşrif bilan Tokioda bölib turibdi.
"Tarafdorlarim nomzodimni ilgari surişni taklif qilişmoqda, — dedi Zimbabvening 92 yaşar prezidenti. – Men tetikman. Agar xalq istasa, men öz işimni davom ettiraveraman".
Ma'lumot uçun: Robert Mugabe — dunyodagi eng keksa davlat rahbari bölib, u Zimbabve mustaqillikni qölga kiritgan 1980 yildan beri mamlakatni boşqarib keladi.






