Xitoyning Kuinan şahrida ötkazilayotgan boks böyiça Osiyo-Okeaniya Olimpiya saralaş musobaqasida yetti boksçimiz çorak final bahslarini öz foydasiga hal qildi. Bu haqda «ÖzA» xabar bermoqda.
Vazni 49 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasida ringga çiqqan Hasanboy Dösmatov indoneziyalik Kornelius Kvangu ustidan ğalaba qozondi. Mustahkam himoya va kuçli texnikaga ega boksçimiz uç raund davomida raqibiga heç qanday imkoniyat qoldirmadi – 3:0.
52 kilogrammgaça vazn toifasida Şahobiddin Zoirov yaponiyalik raqibi Ryomey Tanakani, 69 kilogrammgaça oğirlikdagi boksçilar bahsida Şaxram Ğiyosov Janubiy Koreya vakili Dong-Jin Lini mağlubiyatga uçratdi.
Vazni 81 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasida Elşod Rasulov tojikistonlik Navröz Jafoyev ustidan ğalaba qozondi.
91 kilogrammgaça bölgan vazn toifasidagi bellaşuvda Rustam Tölaganov Yangi Zelandiya vakili Devid Nyikani mağlub etgan bölsa, vazni 91 kilogrammdan oğir bölgan boksçilar örtasida ringga çiqqan Bahodir Jalolov xitoylik Xaypeng Mouni doğda qoldirdi.
Xotin-qizlar bahsida qatnaşayotgan Yodgoroy Mirzayeva 51 kilogrammgaça vazn toifasidagi boksçilar örtasida Xiang-Mi Rini (KXDR) yengdi.
Özbekiston Milliy olimpiya qömitasidan ma'lum qilişiça, har bir vazn toifasida kuçli uçlikka kirgan sportçilar Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida böladigan XXXI yozgi Olimpiya öyinlari yöllanmasini qölga kiritadi. Finalçilar töğridan-töğri yöllanmaga ega bölsa, yarim finalda mağlubiyatga uçragan boksçilar uçinçi litsenziya uçun özaro bahslaşadi.






