Qozoğiston içki işlar vazirligida yöllarda radari bölgan politsiyaçilarning haydovçilardan yaşirinişlari oldi olinişi aytildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

"Avvalboşdan biz heç kim yaşirinişi kerak emasligi vazifasini qöygandik. Bu yerda gap politsiyaçilar harakatining qonunga töğri kelişi haqida emas, balki umuman töğriligi haqida ketmoqda. Gap ular burçaklar, dov-daraxtlar orqasiga yaşirinib turib, keyin birdaniga sakrab çiqişlari haqida ketmoqda", deb aytdi ma'muriy politsiya qömitasi raisi Igor Lepexa.

Lepexaning aytişiça, Olmaota viloyatida ötkazilgan tekşiruv natijasida "şunday qiliqlari" sababli batalon sardori öz lavozimidan çetlatilgan.