Davlat raqobat qömitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilayotgan reklama axborotlari tahlil qilinganda, ayrim umumiy ovqatlaniş korxonalari tomonidan öz xizmatlarini, xususan alkogol mahsulotlari reklamasi va tarğibotiga yöl qöyilganligi kuzatildi.
Jumladan, Toşkent şahridagi ayrim restoranlar tomonidan joylaştirilgan reklamalarga barham berilib, ularga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar kurilgan.
Ma'lumot uçun: Özbekiston Respublikasi “Reklama töğrisida”gi qonunining 23-moddasiga asosan, tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli içimliklar reklamasi taqiqlanadi.
Şuningdek, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda iste'mol qilinişini çeklaş töğrisida”gi qonunning 18-moddasiga muvofiq, alkogol va tamaki mahsulotlarini reklama qilişga yöl qöyilmaydi hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilişni tarğib etiş, ya'ni alkogol va tamaki mahsulotlari iste'mol qilişni rağbatlantiruvçi, şaxsda ularni iste'mol qilişning zararsizligi haqidagi tasavvurni şakllantiruvçi ğoyalar, qaraşlar hamda badiiy obrazlarni oşkora yoki yaşirin şaklda tarqatişga qaratilgan xatti-harakatlar taqiqlanadi.
Uşbu nazorat tadbirlari davom etirilmokda.






