Eronning oliy yetakçisi oyatulloh Ali Hameneiy mamlakatning yadroviy dasturi böyiça fikr bildirdi. Uning aytişiça, muzokaralarni raketa qurollarini yaratişdan muhimroq deb hisoblaydiganlarning barçasi sotqindir. Bu haqda xorijiy OAVda xabar berildi.
"Agar Islom Respublikasi texnologik rivojlanişga intilsa va mudofaasini mustahkamlay, muzokaralarga borsa, bu qolgan kam ahamiyatli davlatlar köz öngida çekiniş böladi. Odamlar kelajak dunyosi – raketalar emas, muzokaralar dunyosi deydilar. Agar ular bunday sözlarni öylamasdan gapirsalar, bu ularning ahmoqligidan, agar bilib gapirsalar, sotqinligidan darak beradi", deb aytilmoqda oyatulloh saytida.
Ma'lum qilinişiça, Hameneiyning bu gaplari sobiq prezident Akbar Hoşimi Rafsanjaniyning aytgan fikriga javoban aytilgan bölişi mumkin. Rafsanjaniy bir neça kun avval Twitter’da "kelajak raketalar emas, muzokaralar ortida" deb aytgandi. Ta'kidlanişiça, Rafsanjaniy Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy bilan yaqindir.
10 martda Tehron raketalar sinovini heç qaçon töxtatmasligini aytgan. Bundan bir kun avval Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi jangçilari Isroil hududiga yetib bora olişi mumkin bölgan ikki ballistik raketa uçirganlar.
"Biz ta'sir doirasi 2 ming kilometrni taşkil qiladigan raketalarni yaratişimizga sabab duşmanimizga xavfsiz masofadan zarba beriş imkoniga ega bölişdir", deb aytgandi öşanda Eron brigada generali Amir Ali Hojizoda.
Şundan keyin AQŞ Eronga qarşi bir qator çeklovlarni yana bir yilga uzaytirdi.
Tehronning raketa qurollarini yaratişdan voz keçişi 2015 yil yozida Erondan sanksiyalarning bekor qilinişi şartlaridan biri bölgan. BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasiga köra, Eronga Xavfsizlik kengaşi ruxsatisiz ballistik raketalarni yaratişda qöllanadigan texnologiyalar hamda tank va jangovar vertolyotlar kabi oğir qurol turlarini eksport qiliş taqiqlanadi.
Tehronga raketa texnologiyalari va oğir qurollarni yetkaziş böyiça çeklovlar mos ravişda 8 va 5 yilga saqlab qolinadi.






