Liviyadagi Misurat portida 2ta yuk kemasi portlab ketdi. Bu haqda Sky News Arabia xabar tarqatgan.

Qayd etilişiça, kemalarda qurol-yaroğ va portlovçi moddalar bölgan.

Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari örganilmoqda.

Bundan oldinroq, 24 mart kuni Milliy birlik hukumatining Tripoliga köçib keliş rejalari bilan boğliq ravişda Liviya poytaxtida favqulodda holat joriy etilgandi.

27 mart kuni havo kengliklari yopilib, Tripoli va Misrat aeroportlariga qöniş taqiqlandi.

30 mart kuni Tripoli şahrida otişmalar röy bergani haqida xabarlar berilgandi.

Ayni vaqtda Faiz Saraj boşçiligida şu yilning fevral oyida şakllantirilgan va 13 nafar vazir, 5 nafar davlat vaziridan iborat mazkur hukumat Tunisda bölib turibdi.

Liviya poytaxtidagi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan Xalif al-Gveyl boşqarayotgan hukumat Milliy birlik hukumatining Tripoliga köçib kelişiga bir neça bor qarşi çiqqandi. Al-Gveyl uning nazoratidagi mudofaa va içki işlar vazirligi, şuningdek, qurolli köngillilar otryadlariga xavfsizlik uçun zarur barça çoralarni köriş, jumladan, patrullarni kuçaytiriş yuzasidan körsatma bergan. Rasmiylar turli guruhlar örtasida töqnaşuvlar yuzaga kelişining oldini oliş niyatida.