Hindistonning markaziy qismida maxsus kuçlarning 7 nafar xodimi maoiy-jangarilar tomonidan qöyilgan minada portlab ketdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi ma'lum qildi.

Favqulodda hodisa Çxattisgarx ştatida yuz berdi. Bu yerdagi örmonlarda naksaliylar (bu yerda ular maoiylar – Ğarbiy Bengaliya ştatidagi qişloqlardan birining nomi bilan ataladi) yaşirinadi.
Hindiston Kompartiyasi (maoiylar) 2009 yilda Hindiston hukumati tomonidan qonunga xilof deb e'lon qilingan hamda terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritilgan. Qurollangan bandit tödalari "qizil kamar" deb nomlanuvçi hudud (Bixar, Çxattisgarx, Jarkxand, Odişa ştatlari, Maxaraştra şarqi) junglilarida yaşirinişadi. Ular hukumatga qarşi kuraş olib boradi va mahalliy qişloqlar, davlat hokimiyati vakillari, huquq-tartibot muassasalari xodimlariga hujum qilişadi.
Hindiston içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, oxirgi 10 yil içida maoiylarning yetib boriş qiyin bölgan hududlardagi 500 ga yaqin lagerida kamida 40 ming jangari tayyorgarçilikdan ötgan. Ular partizança uruş olib boriş usullariga örgatilgan.
1980 yildan beri maoiy-jangarilar hujumidan 20 mingdan köproq odam halok bölgan, ularning aksariyatini tinç aholi taşkil qiladi. Eng köp qurbonlar 2010 yilda bölgan, öşandagi töqnaşuvlar 1,1 ming kişining hayotini olib ketgan. 2014 yilda 600 kişi maoiylarning qurbonlariga aylangan.






