Daily Mail naşrining xabariga köra, olti mingga yaqin muhojir Gretsiyaning Pirey portiga vaqtinçalik joylaşgan.

Kişilar kutiş zalidagi polga solingan çoyşablarda yotib tong ottirişdi. Yuzdan ortiq odam tunni taşqarida - çodir yoki oçiq osmon ostida ötkazişdi.

Yunon hukumati sönggi kunlarda 766 nafar qoçqinni qayd etdi. Bir kun avval esa 192 nafar kişi kelgan edi.

Ular mamlakatning Afinadan unça uzoq bölmagan eng yirik porti - Pireyga kelişmoqda. Qoçqinlarning aksariyati Lesbos orolidan kelişmoqda.

Yevropa Ittifoqining Turkiya bilan qoçqinlar sonini kamaytiriş haqidagi kelişuviga qaramay muhojirlar oqimi töxtamayapti.