Şu kunlarda mamlakatimizga Koreya respublikasi Mehnat va bandlikka kömaklaşiş vaziri Li Gi Kvon boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. Taşrif doirasida Koreya tomoni Özbekiston Mehnat vaziri A. Abduhakimov bilan uçraşdi. Muzokaralar çoğida tomonlar mehnat migratsiyasi, mahorat darslari va boşqa masalalarga doir hamkorlikning muhim jihatlarini muhokama qilişdi.
Muzokaralar natijasiga köra, Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Koreya Respublikasi Mehnat va bandlik vazirligi örtasida bandlikka ruxsat beriş tizimi böyiça işçi kuçini Koreya Respublikasiga yuboriş töğrisida anglaşuv memorandumini imzolaş marosimi bölib ötdi.









