Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini aniqlovçi skaner yaratildi. Qurilma nafaqat mahsulot nimadan tarkib topganini aniqlaşga, balki unda qanday miqdorda vitaminlar borligi va uni qanday uzoq vaqt saqlaş mumkinligini aniqlay oladi. Şuningdek, yangi qurilma istalgan non mahsulotida glyuten (oqsil) miqdorini aniqlaşga imkon beradi. Bu haqda WashingtonPost naşri xabar bermoqda.

Mahsulot aniqlanişi va uning körsatkiçlari tahlili ikki bosqiçda ötadi. Avval qurilma olingan ma'lumotni öz ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar bilan taqqoslaydi, söngra mahsulot sirtini uning öziga xos jihatlarini aniqlaş uçun örganadi.

SciO deb nomlangan yangi qurilmani yaratişda uning ixtiroçilari oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilişda ba'zi çeklaşlarga ega odamlarga yordam berişni öz oldilariga maqsad qilib qöyganlar. Misol uçun, qurilma qand kasalligiga ega odamlarga juda asqotadi: qurilma yordamida ortiqça harakatlarsiz yegulikning aniq tarkibi, undagi qand miqdori va boşqa moddalarni aniqlaş mumkin.

Skaner şuningdek restoranda va uyda tayyorlangan taomlar tarkibini aniqlay oladi.

SciO skaneri 249 dollardan sotilmoqda. Unga dasturlarni yuklab oliş bepuldir.