Qirğiziston markaziy banki (Milliy banki) 11,85 mln dollarni xarid qiliş bilan, mamlakat moliya bozorida mart oyidagi eng yirik intervensiyani amalga oşirdi. Bu haqda Qirğiziston markaziy bankining saytida e'lon qilingan.

Umuman, yakunlanayotgan oyda Milliy bank jami 74,17 mln dollarlik 11ta intervensiya ötkazgan. 

Mahalliy ekspertlar fikriça, Markaziy bank Amerika valyutasi kursining pasayişini sekinlaştiriş maqsadida şunday çoralarga qöl urmoqda. Yil boşidan beri AQŞ dollari 5 foizga qadrsizlangan.

Milliy bank rahbari Tölqinbek Abdiqulovning izohlaşiça, "bozordan faqat ortiqça dollarlar sotib olinmoqda".

"Hozirda milliy valyutaga talab yuqori bölib turibdi. Şunday ekan, dollarni boşqalarning örniga Markaziy bank xarid qilmoqda", - deb aniqlik kiritgan Abdiqulov.

Biroq, şu yil boşida Qirğiziston moliya bozorida boşqaça holatni kuzatiş mumkin edi. Yanvar oyida Qirğiziston markaziy banki söm kursini uşlab turiş uçun, salkam 65 million dollarlik intervensiyani amalga oşirgandi.

2015 yil mobaynida qirğiz sömining jahon valyutalariga nisbatan qadri 28,9 foizga tuşib ketgan, söm kursini me'yorda uşlab turiş maqsadida Markaziy bank 373,2 million dollar sotişga majbur bölgandi.