Qozoğistonning aksilkorruptsion mediamarkazida qozoğistonlik mansabdor şaxslarning şaxsiy avtomobillari narxi 35 ming dollardan, qöl telefonlari narxi esa 70 ming tangadan oşmasligi kerakligi ma'lum qilindi.
Bundan taşqari, aksilkorruptsion mediamarkaz direktori Marat Kairgaliyevning aytişiça, endilikda davlat xizmatçilari jamoat joylarida hattoki yengil mast holatda ham paydo böla olmaydilar, deb xabar bermoqda "Matritsa" naşri.
"Qozoğistonda korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça katta iş ötkazilmoqda. Misol uçun, yangi qonunning kuçga kirganidan keyin mansabdor şaxsning uyali telefoni 70 ming tangadan, avtomobili esa 35 ming dollardan oşmasligi kerak. Şuningdek, davlat xizmatçilari restoran, kafe, kinoteatr va boşqa jamoat joylarida mast holatda paydo böla olmaydilar. Bunday qilmiş uçun amaldor ma'lum javobgarlikka tortiladi. Bundan taşqari, yaqin orada Ğarbiy Qozoğiston viloyatida reydlar amalga oşirilib, unda nafaqat xizmat maşinasidan işdan taşqari vaqtda foydalaniş, balki davlat xizmatçilarining axloq kodeksini buzişi holatlari tekşiriladi", deb ma'lum qildi Kairgaliyev.
Ğarbiy Qozoğiston içki işlar departamenti boşliği örinbosari Boyirjon Raxmetov viloyatda hozirça davlat xizmatçilarining jamoat joylarida mast holatda paydo bölişini aniqlaşga qaratilgan tekşiruvlar ötkazilmayotganini ta'kidlab ötdi.
"Albatta, misol uçun, qandaydir mansabdor şaxs axloq me'yorlarini buzsa va restoran ma'muriyati politsiyani çaqirib, birortasi xizmat guvohnomasini körsatib, töpolon qilayotganini aytsa, biz bu şaxsning egallab turgan lavozimidan qat'iy nazar unga nisbatan çora körişga majburmiz. Hozirgi kungaça bunday qoidabuzarliklarga misollar talaygina bölgan", deb aytdi Boyirjon Raxmetov.






