AQŞ Ukrainaga xavfsizlik sektorini, jumladan qurolli kuçlar, milliy gvardiya va davlat çegara xizmatini isloh qiliş uçun qöşimça 335 mln dollar ajratadigan böldi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko AQŞ vitse-prezidenti Jo Bayden bilan suhbati natijalariga köra feysbukida ma'lum qildi.

Poroşenko, şuningdek, Bayden va AQŞ Davlat kotibi Jon Kerriga Ukrainaga körsatayotgan har tomonlama kömaklari uçun minnatdorçilik bildirdi.  

Bundan avvalroq Poroşenko Vaşingtonda xorijiy kömak Ukrainani yanada kuçliroq bölişiga imkon berişi, çunki davlatning zaifligi unga tajovuzkorlik qilinişini keltirib çiqarişini aytib ötgandi.