Birlaşgan arab amirliklarining Dubay şahri va Nyu-York, yangi tadqiqot yakunlariga köra, sayyohlar uçun eng qimmat yönalişlar deb e'tirof etilgan. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail naşri xabar qildi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga binoan, Dubayda bir keça kunduz qoliş bir sayyohga 278,92 (401,44 AQŞ dollari) funt sterlingga aylansa, Nyu-Yorkda bu raqam 256,8 funt(369,60 AQŞ dollari)ni taşkil etadi.
Uçinçi örinda Botsvana bormoqda. Röyxatni Marrakeş, Sidney, London, Singapur, Karakas va Kankun davom ettirgan.
Tadqiqot natijalariga köra, eng arzon yönalişlar röyxati ham tuzib çiqildi. Unda, Vengriya poytaxti Budapeşt yetakçilik qilmoqda. Bu şaharda bir keça kunduz turiş, kişi boşiga 40,34(58,06 AQŞ dollari) funtga tuşadi.
Arzon şaharlar röyxatiga şuningdek, Tenerife, Bangkok, Xanoy, Keyptaun, Faru, Oklend, Korfu, Şarm-aş-Şayx va Kuala-Lumpur ham kiritildi.






