Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğonning tansoqçilari, davlat rahbarining Vaşingtonda qilgan ma'ruzasiga OAV xodimlarini kiritişni istamagan. Bu haqda Financial Times xabar bergan.

Yadro xavfsizligi sammitida iştirok etiş uçun Vaşingtonga kelgan Erdöğon, şaharning Bruking institutida ma'ruza qilişi çoğida uşbu voqea yuz bergan.

Guvohlarning ma'lum qilişlariça, turk xavfsizlik xizmati Erdöğonni tinglaşni xohlagan reportyorlarni ötkazmagan. Tansoqçilar Turkiya yetakçisi öz ma'ruzasini boşlamasdanoq, kamida bir muxbirni zaldan olib çiqişga uringan. Institut xodimlarining aralaşuvidan söng, OAV xodimi ma'ruzaga kira olgan.

AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari Ben Rods, hodisa tafsilotlarini bilmasada, «mustaqil jurnalistikani hurmat qilişi va qöllab quvvatlaşini» aytgan.

Naşrning yozişiça, Erdöğon ma'ruzasi çoğida, suriyalik kurdlarni qöllab-quvvatlayotgani uçun AQŞni tanqid qilgan. U şuningdek, özining ayrim turk OAVi bilan ziddiyatiga izoh berib, xolis tanqidni qabul qilişini, ammo «ğiybatga va inson şa'ni yerga urilişiga qarşi» kuraşayotganini aytgan.