AQŞ prezidenti Barak Obama va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan AQŞ va Turkiyaning IŞIDni yöq qiliş böyiça birgalikdagi sa'y-harakatlarini muhokama qildilar. Uçraşuv Vaşingtonda yadroviy xavfsizlik böyiça sammit doirasida bölib ötdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.
Erdöğan hozirda AQŞda safar bilan qolmoqda.
Obama AQŞ fuqarolari nomidan Diyorbakirdagi terakt tufayli turk xalqiga hamdardlik bildirdi.
Sammit doirasida Obama boşqa davlatlar siyosatçilari bilan ham uçraşdi. Hammasi bölib sammitga 50 dan köproq davlat vakillari taşrif buyurdilar. Rossiya sammitda iştirok etmayapti.
Turkiyaning Diyorbakir şahrida 31 martda navbatdagi terakt amalga oşirildi. Avtovokzal yaqinida qoldirilgan minalaştirilgan avtomobil uning yonidan politsiyaçilarni olib ketayotgan xizmat avtobusi ötayotganda masofadan turib portlatilgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, portlaş oqibatida 7 politsiyaçi halok bölgan, 27 kişi, jumladan 14 nafar politsiyaçi va 13 nafar oddiy fuqaro jarohat olgan.






