Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimi xodimlari aralaş murakkab öğitlar oliş usulini ixtiro qilişdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
Uşbu usul mineral öğitlarni işlab çiqariş, aynan, mineral öğit işlab çiqaradigan korxonalarda foydalaniş uçun möljallangan. Uning vazifasi glaukonit tarkibi yuqori bölgan, agrokimyoviy va tovar xususiyatlari yaxşilangan aralaş murakkab öğitlar oliş usulini soddalaştirişdan iborat.
Hammualliflar Bauatdinov Sali, Aimbetov Nagmet, Tadjiyev Sayfuddin, Erkayev Aktam, Reymov Axmed, Bauatdinov Taşkenbay va Allambergenova Raziyaga mazkur usul uçun patent berildi.






