Saudiya Arabistoni hukumati davlatning eng qimmatbaho boyliklarini saqlaş uçun dunyodagi eng yirik mustaqil fond taşkil etmoqçi.
Bloomberg agentligi xabarida aytilişiça, valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon örinbosari öz intervyusida, jamğarma tuzilmasiga oid öz tasavvurlarini bildirgan. Unda, 2 trln dollardan köproq qiymatga ega milliy boylik saqlanadi. Bu öz navbatida, podşohlikning neftga boğliqligini kamaytiradi.
Uşbu strategiya doirasida, Saudiya Arabistoni Saudi Aramco kompaniyasining aksiyalarini sotib, uni yirik sanoat konglomeratiga aylantiriş niyatida. Dastlabki IPO (Initial Public Offering-ilk oşkora taklif) ni kelasi yilning özidayoq moliya bozoriga çiqariş rejalaştirilgan. Kompaniya unda 5 foizga yaqin aksiyalarini sotmoqçi.
"Investitsiyalar diversifikatsiyasi Saudiya Arabistoni iqtisodiyotini yaqin 20 yil içida neft daromadiga boğliqlikdan xalos etadi", deya işonç bildirgan Muhammad bin Salmon.






