Xitoy bundan keyin, Janubiy Xitoy dengizida kemalar qatnovining erkinligini vaj qilib, öz mustaqilligiga rahna solinişiga jim qarab turolmaydi.

"Bu haqda AQŞ prezidenti Barak Obama bilan uçraşuvi çoğida XXR raisi Si Tszinpin bayonot bergan", deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Ikki davlat rahbarlari, yadro xavfsizligi böyiça Vaşington sammiti doirasida muloqot ötkazgan. 

Agentlik ma'lumotlariga köra, XXR yetakçisi şuningdek, Janubiy Xitoy dengizi suvereniteti masalasida AQŞ betaraf pozitsiyani egallaşiga umid bildirgan.

"Işonamizki, mazkur mintaqada barça davlatlar xolis va hissiyotlarga berilmagan siyosat yuritadi, bu gap ayniqsa, Janubiy Xitoy dengizi havzasidan taşqarida joylaşgan davlatlarga tegişli", — degan Si Tszinpin.

Ma'lumki, Janubiy Xitoy dengizi atrofidagi vaziyat tobora keskinlaşib bormoqda. 24 fevral kuni, Xitoy özi nazoratidagi Vudi oroliga harbiy havo kuçlari qiruvçi samolyotlarini yuborgan edi.

Vudi kimga qaraşli ekani borasida aniq töxtamga kelinmagan Parasel (Sişa) orollari tarkibiga kiradi.

Amerika harbiy dengiz kuçlariga qaraşli raketa esminetsining uşbu hududda ruxsatsiz paydo bölgani, Pekinning keskin noroziligiga asos bölgan va qarşi çoralar körişiga sabab sifatida körsatilgan edi.

Bundan taşqari, AQŞ harbiylari ötgan yil oxirida, B-52 bombardimonçi samolyotlari parvozini amalga oşirgan va “Kemalar erkinligi” harbiy öquv maşğulotlari doirasida harbiy kemalarini dengiz hududidan olib ötgandi.

Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi kimsasiz orollarning bir neçtasiga da'vogarlik qiladi. Uşbu havzaga bölgan huquqlarini Tayvan, Malayziya, Filippin, Bruney va Vetnam ham ilgari suradi. Ayniqsa, Skarboro rifi hamda neft va gazga boyligi aytiladigan Spratli arxipelagi atrofidagi tortişuv ança jiddiy hisoblanadi.

Şu bilan birgalikda, arxipelag orollari strategik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. U yerda, sönggi yillarda uçiş-qöniş maydonlarini barpo etiş bilan faol şuğullanayotgan Pekin mintaqadagi ta'sirini sezilarli kuçaytirib oladi. Xitoy 2014 yil iyunidan, ziddiyatli dengiz havzasida sun'iy orollar barpo etişni boşlab yuborgan.