Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning uluşi va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2340-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 fevraldagi "Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida" 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oşiriş çora-tadbirlari haqida"gi 33-sonli qarorlariga asosan xorijiy investorlarga sotilişi belgilangan 56ta aksiyadorlik jamiyatining davlat aksiyalar paketlari böyiça birja savdolariga taklif qilmoqda.
Birja ma'lumotlariga köra, bu korxona va taşkilotlarning savdoga çiqarilgan aksiyalari narxi boşlanğiç baholarga köra 915 mln dollarga yaqinni taşkil etadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining2015 yil 21 dekabrdagi "Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qiliş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi PQ-2454-sonli qaroriga asosan davlat aktivlarini sotib oladigan xorijiy investorlarga bir qator imtiyozlar taqdim etilgan, jumladan:
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni bilan xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalarga xorijiy investor tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab yuridik şaxslarning foyda soliği, mulk soliği, obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliği, yagona soliq tölovi, şuningdek Respublika yöl jamğarmasiga majburiy ajratmalar tölaş böyiça berilgan imtiyozlar tabaqalaştirilgan tarzda xorijiy investorning uluşi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigaça miqdorni taşkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etiladi;
- 2020 yilning 1 yanvarigaça xorijiy investorlarning aksiyadorlik jamiyatlarida ularga tegişli bölgan aksiyalaridan dividend tarzida olayotgan daromadidan soliq tölaşdan ozod qilinadi;,
- xorijiy investitsiyasi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda da'vo arizasi bilan sudga murojaat etganda davlat bojini tölaşdan ozod qilinadi, keyinçalik davlat boji sudning tegişli qarori bilan aybdor deb topilgan tomondan undirib olinadi.
2015 yilning dekabrida raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasi aktivlarni "Toşkent" birjasi orqali sotuvga qöyişni boşlagandi. Öşanda sotuvga qöyilgan aktivlar bahosi 700 mln dollar edi. Lekin şu vaqtgaça bu savdolarning barçasi amalga oşirilmadi.
Bugundan aksiyalar uluşi savdoga çiqarilgan kompaniyalar qatorida dekabrda aksiyalari sotuvga qöyilib, sotilmay kelayotgan korxonalar ham bor: "Navoiyazot" AJning 49 foiz aksiyasi (202,24 mln dollar), "Farğonaazot" AJning 48,05 foiz aksiyasi (152,9 mln dollar), "Kvarts" AJning 75 foiz aksiyasi (94,358 mln dollar), "Qizilqumsement" AJning 35,9 foiz aksiyasi (160,66 mln dollari).






