«Aş-Şabob» yetakçilaridan biri Hassan Ali Dhure AQŞ Harbiy havo kuçlari tomonidan Somali hududida amalga oşirilgan harbiy harakatlar natijasida yöq qilingan. Bu haqda amerikalik harbiy amaldorga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatgan.
Pentagondan berilgan ma'lumotga köra, Dhure Somalida amalga oşirilgan 2ta yirik terakt taşkilotçisi hisoblanadi: 2014 yili poytaxt Mogadişodagi aeroportga hujum va 2015 yilning yozida şu şahardagi mehmonxonaga uyuştirilgan bosqin. Bu teraktlar tufayli 30 nafarga yaqin kişi halok bölgan, şulardan kamida 3 nafari amerikalik edi.
Agentlik ma'lumotiga köra, aviazarbalar mamlakatning Keniya bilan çegaradoş hududida amalga oşirilgan. Natijada, Dhure va uning 2 safdoşi öldirilgan.
2012 yilda «Aş-Şabob» «Al-Qoida» bilan birlaşganini ma'lum qilgaç, xalqaro terroristik taşkilot sifatida qayd etilgandi.






