AQŞ Mehnat vaziri yordamçisi örinbosari Erik Bil rahbarligidagi delegatsiya, Özbekistonga safari doirasida, 2016 yil 31 mart kuni Toşkent viloyati Çirçiq şahrida joylaşgan “Yevroteks Global” tekstil kombinatiga taşrif buyurdi.
Mehmonlar, korxonaning faoliyati bilan tanişib, mehnat şaroitlari va kadrlar tizimida hujjatlar yuritilişi bilan qiziqdilar.
AQŞ Mehnat vazirligi vakillari, kombinatdagi iş tartibi va ortiqça iş soatlarining mavjudligi hamda mehnat muhofazasiga doir masalalarga e'tibor qaratganlar.
Qayd etiş lozimki, bugungi kunda uşbu korxonada 2500 kişi mehnat qiladi, ammo işlab çiqarilayotgan mahsulotga bölgan talab yuqoriligi va işlab çiqariş hajmining kengaytirilişi sababli, işçilar sonini oşiriş rejalaştirilgan.
Korxonaning malakali kadrlarga bölgan talabini qondiriş maqsadida, “Yevroteks Global” bilan Çirçiq sanoat va xizmat körsatiş kolleji örtasida, kollej bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş töğrisida şartnoma tuzilgan.
AQŞlik mehmonlar, korxonada yuqori malakali xodimlar faoliyat yuritayotganini e'tirof etib, kompaniya zamonaviy yuqoritexnologiyali uskunalar bilan jihozlangani, mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid masalalarga yuksak darajada rioya etilayotganini qayd etişgan.












