«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger jamoaning germaniyalik yarimhimoyaçisi Mesut Özilning joriy mavsumdagi çempionlik poygasidagi muvaffaqiyatsizlik haqida bildirgan fikrlariga munosabatini bildirib ötdi.

Bir neça kun oldin Mesut Özil jamoa boş murabbiyi Arsen Vengerni yozgi transferlar paytida faol bölişga çaqirgandi. U şuningdek, bu mavsumda jamoa futbolçilarining özlari özlarini çempionlik imkonidan mahrum qilişayotgani haqida aytib ötgandi.

«Biz u bilan bu haqda gaplaşib olamiz. U bunday gaplarni sözlamasligi kerak edi.

Biz özimizga işonişimiz kerak. Imkoniyat 100tadan bitta bölgan taqdirda ham umidni yöqotmaslik kerak. Imkoniyatlar özimizga işongan taqdirimizdagina böladi.

Eng qörqinçlisi – özingga bölgan işonçni yöqotib qöyişdir.

Biz oxirigaça ehtiros bilan öynaşda davom etişimiz lozim. Muxlislarning işonçini saqlab qoliş uçun şunday qilişimiz kerak», – deydi Venger.

Bundan taşqari, Venger rahbariyat Özil va Aleksis Sançes bilan şartnomani uzaytiriş ustida işlayotgani haqida aytib ötgan.

Qayd etiş kerakki, keyingi vaqtlarda londonliklar jamoasining bu yetakçilariga Ispaniya grandlaridan qiziqiş borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Barselona» Özil uçun «Arsenal»ga 3 futbolçisini bermoqçi

Mesut Özil: «Çempion bölişdan umid uzganimiz yöq»

Mesut Özil Vengerni jiddiyroq transferlar qilişga çaqirdi