Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 1 aprel kuni Vaşingtonda AQŞ boş kotibining örinbosari Tomas Şennon bilan uçraşdi, deb xabar qiladi Azertaj.

Uçraşuvda Ozarbayjon va AQŞ örtasidagi aloqalarning turli sohalardagi muvaffaqiyatli rivoji ta'kidlandi. Ozarbayjon prezidenti AQŞga qilgan safari yakunlari bilan örtoqlaşar ekan, undan özining qoniqiş hosil qilganligini va taşrif muavaffaqiyatli keçganini bildirdi.

AQŞ boş kotibining örinbosari Tomas Şennon davlat rahbari bilan keçgan uçraşuvni qiziqiş bilan kuzatganini ma'lum qildi. U AQŞ Ozarbayjon bilan munosabatlarining rivojiga muhim ahamiyat qaratişini aytdi, şuningdek ikki tomonning barça sohalardagi aloqalari bundan buyon ham taraqqiy etişiga umid bildirdi.

Suhbat çoğida arman-ozarbayjon, Toğli Qoraboğ mojarolari hamda energetika, iqtisodiyot va savdo-sotiq sohalariga doir fikrlar almaşildi.