Tojikiston hukumati ma'lumotlariga köra, Suriya Iroq hududidagi IŞID terroristik taşkiloti safida, mingdan ortiq Tojikiston fuqarolari jang qilmoqda. Şu paytgaça, terrorçilar tarkibidagi 300ga yaqin tojik fuqarosi hayotdan köz yumgan. 

2015 yilda Tojikiston jinoyat kodeksiga özgartiriş kiritilgan bölib, unga köra, jangarilar safini öz hohişi bilan tark etganlar vatanlariga qaytgaç, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Qoidaga köra, vataniga qaytgan jangari dastlab, Tojikiston huquq tartibot va milliy xavfsizlik idoralari, Boş prokuratura tomonidan söroq qilinadi hamda loyiq körilsa, ozodlikka çiqariladi.

Tojikistonga qaytgan jangarilardan 200 nafarga yaqini şunday jarayonni boşidan keçirgan. Ular orasida, bir paytlar harbiy institut talabasi bölgan, ammo keyinçalik, tirikçilik maqsadida Moskvaga ketib, u yerda taksiçilik bilan şuğullangan, Vahdat şaharçasida istiqomat qiluvçi Bobojon Qoraboyev ham bor. U Suriyaga yollovçi vositasida Turkiya orqali kirib borgan. Qoraboyev Suriyada 4 oylar bölib qaytgan.

Muxbir Anora Sarkorova u bilan suhbatlaşişga muvaffaq böldi. Bobojon unga boşidan keçirganlarini aytib bergan.

Qoraboyevning hikoya qilişiça, u Suriyaga 2015 yil yozida borgan va IŞIDning Palmiradagi lageriga 150 kişi bilan birga joylangan. Palmira şahridan 3 km uzoqlikda IŞIDning maxsus bölinmalari tayyorlanar edi.

"IŞID jangarilari, Islom nomini rökaç qilişadi, ammo Suriyada körganlarimning nafaqat Islomga, balki dunyoning boşqa dinlariga ham aloqasi yöq", degan Qoraboyev.

U Palmirada 4 oyga yaqin, çidab bölmas şaroitlarda yaşagani, oçlik, jazirama va çanqoqlikdan juda qiynalganini ta'kidladi. Ularga, bir kunda 7 dona quritilgan xurmo va 1 idişda suv berilgan xolos.

“Garçi bizga, yollanayotgan vaqtimizda, katta daromad va iş va'da qilişgan bölsada, undan asar ham körmadik”, deb xotirlaydi Qoraboyev.

U Tabhaga ötkazilgaç, mudhiş jinoyatning guvohi bölgan. Maşinada 25 yoşlar atrofidagi bir yigit keltirilib, unga nisbatan hukm öqilgan va şundoqqina şahar markazida, omma oldida oşkorona boşi kesib taşlangan. Bu bilan heç kimning işi ham bölmadi, deydi Bobojon suhbatda.

“Barça vahşiyliklar, qon va ölimga könikib qolgan edi. Yaqin orada uruş davom etayotgan bölsa, boşqa bir yerda IŞID nomidan insonlarning boşi kesilar, osilar edi”.
Qoraboyevning ta'kidlaşiça, boşqalar emas, ölimga olib ketilayotganlarning özlari ham qarşilik qilmayotgani, unda taajjub uyğotgan.

Biz ular uçun şunçaki, inson körinişidagi mahsulot, tirik nişon, qul edik xolos, deb yodga oladi Bobojon.

IŞID hududlarida heç qanday qonun amal qilmaydi. Kitob va gazetalarni qöya turing, özaro muloqot qiliş ham taqiqlangan, deb guvohlik beradi sobiq jangari.

Uning aytişiça, u bir marotaba jangda iştirok etgan, tirik qolganlar qatori unga ham 50 dollar tutqazişgan.

Bobojon, garçi öz vataniga qaytgaç, hukumat va'dasida turib, uning aybini keçirgan, özi hayotini yangidan boşlaşga ahd qilgan bölsada, bu borada birmunça qiyinçiliklarga duç kelayotganini e'tirof etadi. Xususan, oila quriş borasida omadi kelmayapti.

"Axir, kim ham guldek qizini sobiq bölsada, jangariga erga berardi", deydi u qilmişidan nadomat çekarkan.

Vatanida undan döstlari, sinfdoşlari yuz ögirdi. Özi ham köçada boş kötarib yurişdan or qilmoqda.

Sobiq jangarining e'tirof qilişiça, endilikda uning hayotga qaraşi butunlay özgargan. Uning fikriça, IŞID jangarilari Islom dinini yomon körişadi. Ular, jangarilikka tayyorlangan manqurtlardir. Islom dini esa, öz qilmişlarini xas-pöslaş uçun bir niqob xolos.

"Buning jihodga ham umuman aloqasi yöq. Suriyadagi uruş, bu katta biznes, pul va kimningdir manfaatiga javob berayotgan öyindir. Yollovçilar, komandirlar va yetakçilarning barçasi, öz vazifasini bajarişi bilan haqqini oladi. IŞID rahbarlarida insoniylik qadriyatlari, rahmdillikdan asar ham yöq. Hohlardimki, mening xatolarimni heç kim takrorlamasin. Adaşib, oila a'zolariga va öziga umrbod aziyat yetkazmasin, ta'na daşnomga qolmasin", deb hikoyasini yakunlagan Bobojon Qoraboyev.