Qozoğiston boş vaziri örinbosari Dariga Nazarboyevaning fikriça, smartfonlar, öqituvçilarning öz ustida köproq işlaşi garovidir, deb xabar qilmoqda "Novosti-Kazaxstan" axborot agentligi.

"Afsuski, OAVda, öz vakolatlarini suiste'mol qilayotgan, öquvçilar bilan muomalada haddidan oşayotgan öqituvçilar borasida köplab ma'lumotlarni topsa böladi. Şuni doim yodingizda saqlaşga majbursiz, bugungi kun öquvçilari sizning ustingizdan smartfon bilan qurollangan öziga xos jususdir", — degan Nazarboyeva Ostonadagi 81 maxsus gimnaziyaga taşrifi çoğida.

U, şuningdek, "unutmang, sizning yaxşi yoki yomon bölgan har bir harakatingiz, internetda paydo bölişi mumkin. Ayni holat, öqituvçilar intizomini nazorat qilişda, yuqoridan beriladigan buyruqqa nisbatan samaraliroqdir", — deb qöşimça qilgan